Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
O‘zbekiston Respublikasining “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni – aholi farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligi kafolati

O‘zbekiston Respublikasining “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni – aholi farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligi kafolati

2021-yil 1-aprelda qabul qilingan O‘RQ-681-sonli “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun tomorqa xo‘jaliklarini yuritish va rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. Mazkur qonun tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirish uchun muhim huquqiy asos yaratdi.

Qonunga ko‘ra, tomorqa xo‘jaligi – shaxsiy tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini oila ehtiyojlari va erkin savdo uchun yetishtirish bilan bog‘liq faoliyat hisoblanadi. Bunda tomorqa xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyati sifatida e’tirof etilmaydi va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi.

Tomorqa yerida yetishtirilgan mahsulotlar tomorqa egasining xususiy mulki hisoblanadi. Qonun fuqarolarning tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish, mahsulot yetishtirish va realizatsiya qilish bo‘yicha huquqlarini kafolatlaydi.

Shuningdek, tomorqa xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olishlari mumkin. Bu esa ularning mehnat faoliyatini rasmiylashtirish va ijtimoiy himoya imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tomorqa xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish va oilalar farovonligini mustahkamlashga erishilmoqda.