Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
"Shodlik" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi

"Shodlik" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov deputat N.Alimov saylov okrugi hududidagi “Shodlik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish, fuqarolar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla raisi hamda ijtimoiy xodim tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarga ko‘mak berish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Mamarajabov

Slide 1 of 2