Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muhitini yaratish masalasi muhokama qilindi

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan 2026-yil 2-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori O.Jumayev hamda Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘.Toshov hisobot berib, shahar hududidagi nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ular uchun qulay va to‘siqsiz ta’lim muhitini yaratish hamda inklyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdilar.

Ta’kidlanganidek, umumta’lim maktablarida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit yaratish, inklyuziv sinflar va korreksion xonalarni belgilangan talablarga moslashtirish, zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash maqsadida mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining 9-bandi “b” kichik bandiga muvofiq “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi yuzasidan muhokama etildi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, maktablarda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati, ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda tegishli qaror loyihasini ko‘rib chiqish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 5