Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
Mahallada bandlik va yoshlar tarbiyasi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulovaning “Qalandarxona” mahalla fuqarolar yig'inidagi saylovchilar bilan uchrashuvi davomida aholi bandligi va yoshlar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, “Yangi hayot” ko‘chasi 31-xonadonda istiqomat qiluvchi I.Akramov hamda “Yoshlar” ko‘chasi 46-xonadonda yashovchi M.Aliyev bilan suhbat o‘tkazildi. Ular xorijiy davlatlardan qaytib kelgan bo‘lib, bugungi kunda mahalla guzari hududida o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yganliklari qayd etildi.

Shuningdek, “Yangi hayot” ko‘chasi 23-xonadonda yashovchi fuqaroning uzoq muddatga Turkiya Respublikasiga ishlash uchun ketgani, uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi buvisi T.Mahmudova qaramog‘ida tarbiyalanayotgani o‘rganildi.

Bolalarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda kelgusida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari maqsadida ularni pedagogika texnikumida tashkil etilgan xorijiy tillar va kompyuter savodxonligi to‘garaklariga jalb etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Yoshlar tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar deputat nazoratida davom etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3