Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
KUTUBXONALAR FAOLIYATI VA KITOBXONLIK MUHITI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputatlari Ashirmatova Xurshida Soliyevna hamda Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan Parkent tumanidagi 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasasida kitobxonlik muhitini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni baholash hamda mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.Jarayon davomida kutubxona fondi, undagi badiiy adabiyotlar, darsliklar, ilmiy-ommabop va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi. Badiiy adabiyotlar o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamoloti, kitobxonlik madaniyati va dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi.Shuningdek, kutubxonada kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi, o‘quvchilarning kutubxonaga jalb etilish darajasi hamda kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilishi o‘rganildi. Kutubxonada turli adabiy kechalar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va kitob targ‘ibotiga oid tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinayotgani qayd etildi.Deputatlar tomonidan kutubxona fondini yanada boyitish, ayniqsa yoshlar qiziqishiga mos zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash, kitoblar hisobini raqamlashtirish hamda elektron kutubxona elementlarini joriy etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Shu bilan birga, o‘quvchilarni kutubxonaga keng jalb etish va kitobxonlikni ommalashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kutubxona faoliyatini takomillashtirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlar nazoratida davom ettirilishi qayd etildi.  

Slide 1 of 4