Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Boyovut tuman Kengashi tashabbusi bilan Boyovut tuman Tibbiyot birlashmasida xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur aksiya tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga jalb etish, bemor bolalarning hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish hamda jamiyatda insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.

Aksiyada O‘zbekiston “Adolat” SDPdan Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Alimov Zafar Erkinovich tashabbus ko‘rsatib, birinchilar qatorida qon topshirdi va fuqarolarni ushbu ezgu ishda faol ishtirok etishga chorladi.

Xayriya tadbirida tumanning turli mahallalaridan 40 ga yaqin fidoyi fuqarolar ishtirok etdi. Ularning 21 nafari donor sifatida qon topshirib, inson hayotini saqlab qolishga munosib hissa qo‘shdi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4