Deputat soʻrovi: Maktabda yangi sport zali qurilishi masalasi oʻrganilmoqda
Uzun tumanidagi 50-sonli maktab o‘quvchilari va saylovchilarning murojaatlari asosida deputat Usmanali Alikulov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga rasmiy deputat so‘rovi kiritdi.
Vaziyat shundayki, maktabda zamonaviy yopiq sport zali yo‘qligi sababli qish va yomg‘irli kunlarda jismoniy tarbiya darslarini to‘liq o‘tish imkoni bo‘lmayapti.
Deputat so‘rovida ushbu maktabga ichki imkoniyatlar yoki kelgusi dasturlar (jumladan, “Tashabbusli budjet”) doirasida yopiq sport zali qurish choralarini ko‘rish talab qilingan.
Yoshlarimiz salomatligi va sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilishi shart!