Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯРАТИЛГАН ИМКОНИЯТ ВА ИМТИЁЗЛАРДАН ФОЙДАЛАНИНГ Кегейли туман фермерлари кенгашининг фермерларга МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
ПАХТАДАН ЮҚОРИ ДАРОМАД ОЛИНГ – ПРЕЗИДЕНТИМИЗ ЯРАТИБ БЕРГАН ИМТИЁЗЛАРДАН ФОЙДАЛАНИНГ! Жорий йилнинг 10 майдан – 10 июнгача ғўза парваришида “Зарбдор бир ойлик” ойлигини эълон қилиш ва ғўза агротехник тадбирларни ўз вақтида амалга ошириш бўйича Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳамда Ўзбекистон фермерлари кенгашининг МУРОЖААТИ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
Doimiy komissiyada "Mening bog'im" loyihasi doirasidagi masala muhokama qilindi

Doimiy komissiyada "Mening bog'im" loyihasi doirasidagi masala muhokama qilindi

🇺🇿 Bugun xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning III chaqiriq 29-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalardan biri — Mening bog‘im loyihasi doirasida Uchtepa tumani “Diyorobod” mahallasi hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

📁 Mazkur masala yuzasidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov hamda Uchtepa tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig‘i Xojiakbar Miraxmedovlar tomonidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda tumandagi "Diyorobod" mahallasi hududiga Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish doirasida 054475740001 ID raqamli g'olib loyihani moliyalashtirish masalasi atroflicha yoritib berildi.

💬 Doimiy komissiya raisi Avaz Xudayberganov hamda komissiya a’zolari — K.Abdullayeva, S.Djalalov hamda F.Abdullayevlar hisobotni tinglab, mazkur loyiha amalga oshirilishi munosabati bilan ushbu joyda sug'orish tizimi qanchalik darajada yo'lga qo'yilganligi yuzasidan savol berildi. Tuman hokimining tegishli o'rinbosari N.Ismatov tomonidan ushbu hududda to'liq sug'orish tizimi yo'lga qo'yilganligi hamda yashil bog' yaratilishida sug'orish bilan bog'liq muammolar bo'lmasligi aytib o'tildi. Savol-javoblar jarayonida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

📱 Komissiya yig‘ilishi Zoom platformasi orqali tashkil etilib, unda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, bosh mutaxassislar U.Abilov va Z.Kuziyevalar hamda ushbu loyiha amalga oshirilishi belgilangan "Diyorobod" MFY raisi ishtirok etdilar.

📝 Muhokamalar yakunida barcha deputatlar tomonidan mazkur masalani sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan bir ovozdan qaror qabul qilindi.

✅ Mazkur jarayon hududda Aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish, yashil hududlarni kengaytirish orqali iqlim o‘zgarishi ta’sirini kamaytirish va aholining salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4