Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯРАТИЛГАН ИМКОНИЯТ ВА ИМТИЁЗЛАРДАН ФОЙДАЛАНИНГ Кегейли туман фермерлари кенгашининг фермерларга МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
ПАХТАДАН ЮҚОРИ ДАРОМАД ОЛИНГ – ПРЕЗИДЕНТИМИЗ ЯРАТИБ БЕРГАН ИМТИЁЗЛАРДАН ФОЙДАЛАНИНГ! Жорий йилнинг 10 майдан – 10 июнгача ғўза парваришида “Зарбдор бир ойлик” ойлигини эълон қилиш ва ғўза агротехник тадбирларни ўз вақтида амалга ошириш бўйича Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳамда Ўзбекистон фермерлари кенгашининг МУРОЖААТИ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
Deputat va yoshlar uchrashuvi

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-sonli “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda joriy yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan “Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar” mavzusidagi ochiq muloqotda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Uchtepa tumani Kengashi deputatlari ishtirokida “Yoshlar kuni” doirasida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

📇 Davlatimiz rahbari Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlar ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch ekanini ta’kidlagan edi. Shuningdek, barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatish, sportga jalb etish, ularning g‘oya, loyiha va startaplarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ishli va daromadli qilish bo‘yicha yanada faol ishlashi, birorta yigit-qiz e’tibordan chetda qolmasligi zarurligini qayd etgan edi.

↗️ Ochiq muloqot davomida yillar davomida yaratilgan imkoniyatlar natijasida yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush va 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritgani, Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya va Kornell kabi dunyoning nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 500 nafardan oshgani aytib o‘tilgan edi. TOP-100 talikdagi oliygohlarda tahsil olayotgan yoshlarimiz soni esa 3,5 ming nafardan ziyodni tashkil etayotgani ta’kidlangan edi. Bundan tashqari, yoshlar tomonidan yaratilgan 63 ta startap loyiha AQSH, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya hamda Birlashgan Arab Amirliklari bozorlariga kirib borgani, yosh sportchilar xalqaro musobaqalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgani alohida e’tirof etilgan edi. Bugungi kunda yosh tadbirkorlar mamlakatimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil qilayotgani ham qayd etilgan edi.

💼 Bugungi uchrashuv davomida tumandagi 129-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zMTDPdan saylangan deputatlar J.Karimov hamda Sh.Tursunovalar tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot avvalida maktab rahbari Abduqodirova Ra’no o‘quvchilarning qiziqishlari, erishayotgan yutuqlari hamda kelajakdagi maqsadlari haqida so‘z yuritdi.

🧠 Suhbat jarayonida 10-sinf o‘quvchisi Diyora To‘ychiyeva IT sohasiga qiziqishi yuqori ekanligi, ayni paytda tumandagi “Yosh liderlar” guruhi faol a’zolaridan biri sifatida faoliyat yuritayotganini ta’kidlab, o‘zining taklif va tashabbuslarini bildirdi. Shuningdek, A.Sariyev, S.Faxriddinova, Z.To‘ychiboyeva hamda boshqa yoshlar bilan ularning qiziqishlari, kasb tanlashdagi maqsadlari va kelajak rejalari yuzasidan samimiy fikr almashildi.

💬 O‘z navbatida deputatlar yoshlarga o‘zlarining kasbiy faoliyati, oliy ta’lim muassasasini tanlashdagi tajribalari hamda hayotiy qarashlari haqida tushuncha va tavsiyalar berib, yoshlarni bilim olish, zamonaviy kasblarni egallash va jamiyat hayotida faol bo‘lishga чақирдилар. Tadbir ochiq muloqot, savol-javob va o‘zaro fikr almashish ruhida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Slide 1 of 7