Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
янв.21
JASLARDIŃ SPORT PENEN SHUǴILLANIWI USHIN JARATILǴAN SHÁRT-SHARAYATLAR ÚYRENILDI.
янв.21
KEŃES BASLÍǴÍ RAYONÍNDA MÁLIMLEME-KITAPXANA ORAYÍNÍN JUMÍSLARÍ MENEN TANÍSTÍ
янв.21
KEŃES BASLÍǴÍ JASLAR MÁSLÁHÁT TOPARÍ AǴZALARÍ MENEN UShÍRASÍTÍ
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASI JOQARǴI KEŃES DEPUTATLARINIŃ USHÍRASÍWLARI DAWAM ETPEKTE.
янв.21
JASLARDIŃ SPORT PENEN SHUǴILLANIWI USHIN JARATILǴAN SHÁRT-SHARAYATLAR ÚYRENILDI.
янв.21
Xalıq dártine tilekleslik - deputatlıq parızdıń joqarı úlgisi
Deputatlar ishtirok etgan sport musobaqasi

Do‘stlik tumanida “Hokim kubogi” musobaqasi — munosib g‘alaba

  Do‘stlik tumanida aholi va bolalar uchun barpo etilgan yangi sport majmuasida sportning mini futbol turi bo‘yicha an’anaviy “Hokim kubogi” musobaqasi yuqori kayfiyat va kuchli raqobat ruhida bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

  Ushbu musobaqada Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputati Tishlikov Sanjar Baxtiyorovich boshchiligidagi jamoa faol ishtirok etib, yuqori mahorat va jamoaviy hamjihatlik namoyish etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoa barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda tuman tashkilotlari orasida mutloq g‘olib deb topildi.

  Bu g‘alaba nafaqat sportdagi yutuq, balki jamoaviy birlik, intizom va qat’iyatning yorqin ifodasi bo‘ldi. 

Bundan tashqari Do‘stlik tumanida korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari o‘rtasida minifutbol bo‘yicha “Hokim kubogi”, voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida “Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kubogi” hamda kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqalariga start berilgan edi.

Bugun barcha sport bahslari yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda yakuniga yetib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Musobaqalarda 1500 nafardan ortiq ishtirokchi hamda 10 mingdan ziyod tomoshabin qatnashdi. Bu esa tumanda sportga bo‘lgan qiziqish va e’tiborning yuksak darajada ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda tuman Tibbiyot birlashmasining voleybolchi qizlari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Minifutbol bahslarida esa 20-umumta’lim maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kurash musobaqalarida ham kuchli va munosib polvonlar saralanib, sovrindorlar safidan joy oldi.

Taqdirlash marosimida Do‘stlik tumani hokimi Shavkat Darvishev, tuman prokurori Samandar Razzoqov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Gʻulom Mamatqulov ishtirok etib, g‘olib va sovrindor jamoalarni oltin, kumush va bronza medallari, diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirladilar.

Mazkur musobaqalar nafaqat sportchilar, balki keng jamoatchilik uchun ham haqiqiy sport bayramiga aylandi.

https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman

Slide 1 of 19