Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALÍQ DEPUTATLARÍ KEGEYLI RAYONLÍQ KEŃESINIŃ ON JETINShI SESSIYaSÍ BOLÍP ÓTTI
янв.21
АРИҚ ВА ЗОВУРЛАРНИ ТОЗАЛАШНИ ТАШКИЛ ЭТИНГ, ДАЛА МАДАНИЯТИНИ ЙЎЛГА ҚЎЙИШ ОРҚАЛИ ДАЛА ЧЕТЛАРИГА КЎЧАТ ВА ҚЎШИМЧА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИ ЭКИБ ҚЎШИМЧА ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИНГ
янв.21
“ADOLAT” SDP DEPUTATLÍQ TOPARÍNÍŃ GEZEKTEGI MÁJILISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
ПАРЛАМЕНТИМИЗ КОРЕЯ РЕСПУБЛИКСЫ ҲӘМДЕ ХОРВАТИЯ МӘМЛЕКЕТЛЕРИ МЕНЕН ДЕ БИРГЕ ИСЛЕСЕДИ
янв.21
Мәмлекетимизде аҳмийетли жойбарлар әмелге асырылады
янв.21
"ҒАЛЛАНИНГ ЗАНГ КАСАЛЛИГИГА ҚАРШИ КУРАШИШ ВА ҲОСИЛНИ ПАРВАРИШЛАШ БОРАСИДА КЕЧИКТИРИБ БЎЛМАЙДИГАН ВАЗИФАЛАР"
янв.21
JERGILIKLI KEŃESLERDIŃ WÁKILLIKLERI KEŃEYMEKTE.
янв.21
ХАЛЫҚ ДЕПУТАТЛАРЫ КЕГЕЙЛИ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ ОН АЛТЫНШЫ СЕССИЯСЫ БОЛЫП ӨТТИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
🚧 TA’MIRLANGAN YO‘L YANA BUZILGANMI? HOLAT JOYIDA O‘RGANILISHI TALAB ETILADI

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Abdug‘aniyev Samo Nizomovich tomonidan “Mitan–Chaqar” avtomobil yo‘lining To‘por mahallasi hududidan o‘tuvchi qismi yuzasidan deputat so‘rovi chiqarildi.

Aholi hamda “mahalla yettiligi” bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mazkur yo‘lning bugungi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bildirildi.

E’tiborlisi shundaki, ushbu yo‘l 2025-yilda ta’mirlangan bo‘lishiga qaramasdan, yog‘ingarchiliklar natijasida yo‘l qoplamasida qayta chuqurlar paydo bo‘lgan. Bu esa:

  • avtomobillar harakatiga jiddiy noqulaylik tug‘dirmoqda;
  • piyodalar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
  • hududda joylashgan qabristonga borib-kelishda fuqarolar uchun qiyinchiliklar yuzaga keltirmoqda.

Shu munosabat bilan Ishtixon tumani Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori J. Dagarov nomiga yo‘lning mazkur qismini joyiga chiqib o‘rganish, mavjud nosozliklarni aniqlash hamda tegishli ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Qonunchilikka muvofiq, so‘rovga 10 kun muddatda asoslantirilgan javob taqdim etilishi lozim.

⚠️ Masala sifat va mas’uliyat bilan bog‘liq

Yaqinda ta’mirlangan yo‘lning qisqa muddatda yaroqsiz holatga kelishi jamoatchilikda haqli savollar uyg‘otadi. Mas’ullar hududga chiqib, holatni atroflicha o‘rganishi, bajarilgan ishlar sifati bo‘yicha aniqlik kiritishi hamda muammoni tezkor bartaraf etishi zarur.

Yo‘l — bu qulaylik emas, xavfsizlik masalasidir. Ushbu masala deputat nazoratiga olingan. 

Slide 1 of 3