Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАРЛАМЕНТИМИЗ КОРЕЯ РЕСПУБЛИКСЫ ҲӘМДЕ ХОРВАТИЯ МӘМЛЕКЕТЛЕРИ МЕНЕН ДЕ БИРГЕ ИСЛЕСЕДИ
янв.21
Мәмлекетимизде аҳмийетли жойбарлар әмелге асырылады
янв.21
"ҒАЛЛАНИНГ ЗАНГ КАСАЛЛИГИГА ҚАРШИ КУРАШИШ ВА ҲОСИЛНИ ПАРВАРИШЛАШ БОРАСИДА КЕЧИКТИРИБ БЎЛМАЙДИГАН ВАЗИФАЛАР"
янв.21
JERGILIKLI KEŃESLERDIŃ WÁKILLIKLERI KEŃEYMEKTE.
янв.21
ХАЛЫҚ ДЕПУТАТЛАРЫ КЕГЕЙЛИ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ ОН АЛТЫНШЫ СЕССИЯСЫ БОЛЫП ӨТТИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
Мәмлекетимиздиң тынышлығы халқымыздың келешеги
янв.21
Парламентлераралық бирге ислесиўши мәмлекетлер саны көбеймекте
янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati N.Allamuratova "Obod yurt" mahallasida 28-sonli maktabda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📱 Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o'tdi. Deputat N.Allamuratova mahalla ahlining turli masalalar bo'yicha murojaatlarini diqqat bilan tingladi. 

📱Uchrashuvda ishtirokchilarga 2025-yil deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida batafsil va to‘liq axborot berdi. 2025-yilda yakuniga yetmagan, yechimini topmagan muammolarni 2026 yilning 1-yarim yilligida tegishli dasturlarga kiritish bo‘yicha fuqarolardan takliflarni yozib olganligini bu bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natishini va deputatlik nazoratini amalga oshirishini aytib o‘tdi. 

📱Suhbat davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, ijtimoiy himoya masalalari, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan maishiy muammolar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

 📱Saylovchilar o'zlarini qiynayotgan masalalar, mahallaga oid takliflar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ochiq fikr-mulohazalarini bildirishdi. Deputat har bir murojaatni sinchkovlik bilan o'rganib, ularning yechimi yuzasidan qonuniy tushuntirishlar berdi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo'lsa, qo'shimcha o'rganish va vakolatli tashkilotlar aralashuvini talab etadigan murojaatlar ijrosini nazoratga oldi. Tegishli mas'ul idoralarga deputatlik so'rovi yuborish, muammolarni xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalariga olib chiqish bo'yicha ham choralar ko'rilishi belgilandi.

📱 Bunday uchrashuvlar deputatlar faoliyatining muhim qismi bo'lib, ular orqali aholining davlat idoralariga bo'lgan ishonchi mustahkamlanadi, muammolar o'z vaqtida aniqlanib, samarali yechim topishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9