Bugun 14-yanvar kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
Bo‘stonliq tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;
Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar boshqarmasining tumanda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2024-yil 23-apreldagi VI-115-77-10-136-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
Bo‘stonliq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida.
Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.