"Jonim fido bo‘lsin senga, elim!"
Kattaqo‘rg‘onda A’zamxon Usmonovichning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi.
12 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida marhum rahbar, xalq xizmatiga hayotini bag‘ishlagan fidoyi inson Bahromov A’zamxon Usmonovichning tavallud kuni munosabati bilan esdalik tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Jonim fido bo‘lsin senga, elim!” nomli kitob taqdimoti hamda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Jamoalar o'rtasida o'tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on tuman kengashi deputatlari ham munosib ishtirok etishdi.