Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — muhim davlat ahamiyatiga ega jarayon
янв.21
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.
янв.21
Президентнинг сунъий интеллект бўйича халқаро форумдаги иштироки – янги инновацион босқич сари қадам
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#mahalla_yettiligi
янв.21
Vayrot mahallasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari joyida birib muhokama qilindi.
янв.21
#Aholi_salomatligi_eʼtiborda
янв.21
#Tuman_Kengashi_sessiyasida
Mirobod tumanida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirolmagan yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yilda Mirobod tumanida 2077 nafar yoshlar umumta’lim maktablarini tamomlaganlar. Shundan 1504 nafari turli OTMlarga, 25 nafari kollej va texnikumlarga kirganlar, 303 nafari ishga joylashgan va o‘zini o‘zi band qilgan.

Bandligi ta’minlanmagan bitiruvchilar soni 245 nafarni tashkil etmoqda.

Mutassadilar yoshlar bilan muloqot davomida, ularning kelgusidagi rejalarini tinglab, hozirda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Muloqot davomida istagi o‘qish bo‘lmagan yoshlarga professional ta’limning afzalliklari haqida tushunchalar berildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, mas’ullarga 5 nafar yoshlarni ular tanlagan turli kasb va til kurslarida o‘qitish, yana 2 nafarining tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun qo‘llab-quvvatlash vazifalari topshirildi.

Slide 1 of 11