Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — muhim davlat ahamiyatiga ega jarayon
янв.21
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.
янв.21
Президентнинг сунъий интеллект бўйича халқаро форумдаги иштироки – янги инновацион босқич сари қадам
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#mahalla_yettiligi
янв.21
Vayrot mahallasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari joyida birib muhokama qilindi.
янв.21
#Aholi_salomatligi_eʼtiborda
янв.21
#Tuman_Kengashi_sessiyasida
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida ham “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida ham “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Turar joylarning qurilishini ko‘zdan kechirgan viloyat rahbari, hududda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, yashil maydonlarni tashkil etish hamda daraxt va buta ko‘chatlari ekish topshirig‘ini berdi. (https://t.me/axborot_xizmati/39624)

Shundan so‘ng, viloyatda dasturlar hamda qurilish va kommunikatsiya sohasida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mutasaddilar ishtirokida muhokama o‘tkazildi. 

Unda ijtimoiy soha obyektlarini 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash, 58 ta maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari holati, investisiya dasturidagi obyektlarni foydalanishga topshirish, “Tashabbusli budjet” loyihasining 1- va 2-mavsumi ijrosi, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini ko‘mir bilan ta’minlash, markaziy qozonxonalarni mavsumga tayyorlash, BSKlar faoliyati hamda boshqa masalalar yuzasidan mas’ullar axborot berdi.

Viloyat rahbari mutasaddilarning axborotlarini tinglab, o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi hamda qurilish va kommunal sohada ishlarni tizimli amalga oshirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlarini belgilangan muddatlarda yakunlash vazifalarini belgilab berdi.

Slide 1 of 8