Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — muhim davlat ahamiyatiga ega jarayon
янв.21
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.
янв.21
Президентнинг сунъий интеллект бўйича халқаро форумдаги иштироки – янги инновацион босқич сари қадам
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#mahalla_yettiligi
янв.21
Vayrot mahallasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari joyida birib muhokama qilindi.
янв.21
#Aholi_salomatligi_eʼtiborda
янв.21
#Tuman_Kengashi_sessiyasida
Mening birinchi saylovim

Mening birinchi saylovim

Boysun tuman “Al madrasa” o‘quv markazida Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputati Mavjuda Hasanova birinchi marta ovoz beruvchi yosh saylovchilar
bilan uchrashdi. Uchrashuvda M.Hasanova partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan
maqsad va vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritib, davlat va jamiyatni rivojlantirish,
huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga
oid ko‘plab taklif va tashabbuslar ilgari surilgani to‘g‘risida batafsil to‘xtalib
o‘tdi. Shu bilan birga saylov jarayonida fuqarolar o‘z huquqlaridan to‘liq foydalanishi
uchun barcha sharoitlar yaratilgani, tenglik, oshkoralik va adolatlilik tamoyillariga
qat’iy amal qilinishiga e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. O‘zbekiston Xalq demokratik
partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlarimiz yig‘ilganlarga partiya saylovoldi dasturidagi
asosiy jihatlarni oddiy, xalqchil tilda gapirib berdilar. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan
savollari bilan murojaat qildi. Tadbir yakunda partiya va uning nomzodlarini qo‘llab-quvvatlab,
saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.
  

Slide 1 of 7