Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — muhim davlat ahamiyatiga ega jarayon
янв.21
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.
янв.21
Президентнинг сунъий интеллект бўйича халқаро форумдаги иштироки – янги инновацион босқич сари қадам
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#mahalla_yettiligi
янв.21
Vayrot mahallasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari joyida birib muhokama qilindi.
янв.21
#Aholi_salomatligi_eʼtiborda
янв.21
#Tuman_Kengashi_sessiyasida
Ta'limga e'tibor – kelajakka poydevor

3-IDUM Nurobod tumanining eng ilg‘or va namunali maktablaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda maktab direktori N.Ziyadinovning xizmatlari ulkan.

“2019-yildan beri 3-IDUM direktori lavozimida faoliyat yuritib kelaman.

Bugungi kunda maktabimizda 680 nafar o‘quvchi ta’lim olib kelmoqda. Ularga 60 nafar o‘qituvchilarimiz saboq berib keladi.

O‘qituvchilarimizning 8 nafari oliy toifali, 15 nafari 1-toifali, qolganlari oliy ma’lumotli pedagoglar hisoblanishadi.

O‘quvchilarimiz qator muvaffaqiyat va natijalarga erishib kelishishmoqda. Jumladan, o‘tgan 2023–2024 o‘quv yilida maktabimiz o‘quvchilari ingliz tili, rus tili, fizika va biologiya fanlaridan o'tkazilgan fan olimpiadalarida tumanimiz miqyosida faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichida munosib ishtirok etishdi.

Maktabimiz o‘quvchilarining 18 nafari, o‘qituvchilarining 6 nafari turli darajadagi milliy hamda xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

Bundan tashqari, maktabimiz o‘quvchilari turli sport va ma’rifiy tadbirlarda, kitobxonlik musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelishmoqda.

Jumladan, maktabimizning 7-A sinf o‘quvchisi Shabnam Toshmurodova O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan "Mahalladagi kitobxon" tanlovida Respublika miqyosida faxrli 1- o‘rinni egallab, Respublika g‘olibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Hozirgi ta'til vaqtida o'quvchilarimiz vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida turli sport va fan to'garaklari muntazam faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, 5000 dan ortiq o'zbek va jahon adabiyoti durdonalarini o'zida jamlagan maktab kutubxonamiz ham doimo o'quvchilar bilan gavjum.

Albatta, ta’kidlab o'tadigan bo‘lsak, bunday muvaffaqiyatlarimiz juda ko‘p. Kelgusida ham shunday iqtidorli va Vatanimiz taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadigan yetuk kadrlar tarbiyalab berishdek sharafli vazifamizda astoydil xizmat qilamiz” – deydi maktab direktori N.Ziyadinov.

Slide 1 of 4