Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — muhim davlat ahamiyatiga ega jarayon
янв.21
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.
янв.21
Президентнинг сунъий интеллект бўйича халқаро форумдаги иштироки – янги инновацион босқич сари қадам
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#mahalla_yettiligi
янв.21
Vayrot mahallasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari joyida birib muhokama qilindi.
янв.21
#Aholi_salomatligi_eʼtiborda
янв.21
#Tuman_Kengashi_sessiyasida
Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Oliy Majlis Senati va Yoshlar parlamenti a’zolari, harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar faxriylari ishtirokida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqng‘ saqlash masalalari qo‘mitasi raisi O.Iminov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqng‘ saqlash masalalari qo‘mitasi a'zosi B.Bo‘tayeva, xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi kotibiyat mudiri S.Abduraimov, Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug qo'shinlar qo'mondonining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari, polkovnik I.Sobirov, muddatli harbiy xizmatchilar, mahallalardagi uyushmagan yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ma'ruzachilar mustaqillik yillarida yurtimizda olib borilgan islohotlar, yoshlar siyosatida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida so'z olib bordi.

Ko'tarinki kayfiyatda o'tgan tadbirda harbiy xizmatchilar o'zlarini taklif va fikrlarini bildirib o'tdi. 

Shu bilan birga Senator va deputatlar harbiy qismdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Slide 1 of 12