O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti deputatlik guruhining tashabbusi bilan tumandagi Quyiyakkatut maxalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 54-sonli oilaviy poliklinikada "Sog‘lom oila, sog‘lom jamiyat " mavzusida tadbir tashkil etilib, ayollar va keksalarnichuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Poliklinika xodimlari xududdagi quyiyakkatut, Soybo‘yi, Ucholish, va Xo‘jaariq mahallalarida yashovchi 20056 nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadilar.
Bugungi tibbiy ko‘rikda jami 117-nafar ayollar va keksalar ishtirok etishib, kasalligi aniqlangan 12-nafariga tuman va viloyat shifoxonalarida davolanishlari uchun yo‘llanma berilgan bo‘lsa, qolgan 8-nafar ayollar amblator sharoitda poliklinikaning o‘zida sog‘lomlashtirish uchun yotqizilib davolanmoqdalar.
Fuqarolar bilan suhbat chog‘ida ular mazkur oilaviy poliklinikada davo topishlari uchun munosib sharoitlar yaratib berilganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
T. N. Soliyev. O‘zbekiston XDP tuman tashkiloti raisi, tuman Kengashi deputati.