Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati N.Kiyamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli Qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Ishtixon tumani “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro G.Suvanovaning uy-joy masalasida qilgan murojaati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.
Fuqaro G.Suvanova II guruh nogironligi, uy-joyi ta’mirtalab ahvolda ekanligi aniqlandi. Fuqaro G.Suvanovaga homiylar ishtirokida uy-joy qurilishiga amaliy yordam berish rejalashtirildi.