Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — muhim davlat ahamiyatiga ega jarayon
янв.21
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.
янв.21
Президентнинг сунъий интеллект бўйича халқаро форумдаги иштироки – янги инновацион босқич сари қадам
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#mahalla_yettiligi
янв.21
Vayrot mahallasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari joyida birib muhokama qilindi.
янв.21
#Aholi_salomatligi_eʼtiborda
янв.21
#Tuman_Kengashi_sessiyasida
MA’RIFIY TARGʻIBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

MA’RIFIY TARGʻIBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi bilan partiyaning Qiziltepa tuman bo‘limi, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi va   Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ma’rifiy targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda partiyaning viloyat Kengashi mas’ullari, Xalq depututlari Qiziltepa tuman Kengashi deputatlari va hamkor tashkilotlar vakillari so‘zga chiqib, Murojaatnomada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida erishilgan yutuqlarni atroflicha tahlil qilib, bugungi global tahdidlar, tashqi xavflar va mafkuraviy xurujlar kuchaygan sharoitda barqaror iqtisodiy o‘sish, aholi turmush darajasining izchil oshib borayotgani, ijtimoiy sohada qo‘lga kiritilgan muhim natijalarni bir qancha hayotiy misollar orqali tushuntirishdi.  

Tadbir davomida aholi vakillarining ham bu boradagi fikrlari tinglanib, jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Slide 1 of 6