Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — muhim davlat ahamiyatiga ega jarayon
янв.21
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.
янв.21
Президентнинг сунъий интеллект бўйича халқаро форумдаги иштироки – янги инновацион босқич сари қадам
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#mahalla_yettiligi
янв.21
Vayrot mahallasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari joyida birib muhokama qilindi.
янв.21
#Aholi_salomatligi_eʼtiborda
янв.21
#Tuman_Kengashi_sessiyasida
Deputat so‘rovi amalda: “Bo‘ston” shoxobchasiga yangi tez tibbiy yordam avtomobili topshirildi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi 3–Yangiobod saylov okrugi deputati M. Gaipov tomonidan kiritilgan deputat so‘rovi ijobiy yechim topib, Zarbdor tuman tez tibbiy yordam bo‘limining “Bo‘ston” shoxobchasidagi eskirgan tez tibbiy yordam avtomobili yangisiga almashtirildi.

Mazkur deputat so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq kiritilgan bo‘lib, unda Zarbdor tumani “Bo‘ston” shoxobchasida aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida mavjud muammolar, xususan:

  • texnik jihatdan eskirgan, zamonaviy talablarga javob bermaydigan “Damas” rusumli tez tibbiy yordam avtomobilining mavjudligi;
  • xizmat sifati va bemorlarni o‘z vaqtida tibbiyot muassasalariga yetkazishdagi qiyinchiliklar

asosli dalillar bilan ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Deputat so‘rovi doirasida masalaga mas’ul idoralar tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, “Bo‘ston” shoxobchasi yangi "Damas" rusumli tez tibbiy yordam avtomobili bilan almashtirildi.

Yangi avtomobilni topshirish jarayonida Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i M. Umarov hamda viloyat tez tibbiy yordam boshqarmasi boshlig‘i J. Imomov shaxsan ishtirok etdilar. Tashrif davomida hudud aholisi bilan muloqot qilinib, tez tibbiy yordam xizmatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i M. Umarov 1-may sanasiga qadar “Bo‘ston” shoxobchasi uchun yana bitta yangi, zamonaviy tez tibbiy yordam avtomobili ajratilishini ma’lum qildi. Bu esa hudud aholisi uchun tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishi shubhasiz.

Mazkur holat deputatlik nazorati, deputat so‘rovi institutining amaldagi samaradorligi va davlat organlarining aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashayotganining yaqqol tasdig‘i bo‘ldi.

Aholi salomatligini muhofaza qilish, tez tibbiy yordam xizmatining uzluksizligi va sifatini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 2