Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — muhim davlat ahamiyatiga ega jarayon
янв.21
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.
янв.21
Президентнинг сунъий интеллект бўйича халқаро форумдаги иштироки – янги инновацион босқич сари қадам
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#nazorat_tahlil
янв.21
#mahalla_yettiligi
янв.21
Vayrot mahallasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari joyida birib muhokama qilindi.
янв.21
#Aholi_salomatligi_eʼtiborda
янв.21
#Tuman_Kengashi_sessiyasida
🛒 Bulung‘ur dehqon bozorida narx-navolar va sanitariya holati o‘rganildi

Bozorlardagi aholi iste’moli uchun zarur mahsulotlar narxi, mavjudligi va sanitariya talablari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumandagi dehqon bozori faoliyatiga doir navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganishda komissiya rais o‘rinbosari U. Gubayeva, komissiya kotibi B. Lapasov, a’zolar D. Norqulova, I. Sindorov va K. Nararov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tuman bo‘limi boshlig‘i v.v.b I. Samanov ishtirok etdi.

Tadbir davomida dehqon bozoridagi aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarning narx-navosi, ularning yetarliligi, sifat darajasi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi batafsil o‘rganildi. Sotuv nuqtalarining tozaligi, mahsulotlarning saqlanish sharoiti, iste’molchilarga yaratilgan qulayliklar va narxlarning barqarorligi bo‘yicha amaldagi holat tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida bozor ma’muriyati va sotuvchilarga sanitariya me’yorlariga qat’iy rioya etish, mahsulotlar sifatini nazorat ostida saqlash, iste’molchilar uchun qulay sharoitlar yaratish va narxlarning asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, belgilangan talablarga amal qilinishi muntazam ravishda nazorat qilib borilishi ta’kidlandi. 


XALQ DEPUTATLARI BULUNG‘UR TUMAN KENGASHI