#iqtibos
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi: yangi hamkorlik imkoniyatlari
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga ko‘tardi. Ushbu tashrif Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
📋Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob O‘zbekistoni Markaziy Osiyoning dinamik rivojlanayotgan muhim hamkori sifatida qabul qildi. Muzokaralar natijasida ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklikni rivojlantirish, investitsiyalar va texnologiyalar almashish bo‘yicha bir qator kelishuvlar imzolandi.
✅So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi savdo-sotiq o‘sish trendiga qaramay, hamkorlikning katta salohiyati hali to‘liq ochilmagan. Tashrif davomida quyidagi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan kelishuvlarga erishildi:
- Yashil energetika va barqaror rivojlanish
- Transport va logistika infratuzilmasi
- Turizm va madaniy almashinuv
- Agrotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi
Sloveniyaning Yevropa Ittifoqidagi faol ishtiroki O‘zbekiston uchun qimmatli hamkorlik imkoniyatlarini yaratadi. Prezident Sh.Mirziyoyevning tashrifi Sloveniya orqali Yevropa bozorga kirish, ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb qilish uchun muhim platforma bo‘ldi.
📌Prezident Sh.Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamladi, balki O‘zbekistonning Yevropa bilan hamkorligini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Bu tashrif O‘zbekistonning xalqaro maydonda ortib borayotgan ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani kengashi deputati D.Mirzaxonova
(https://t.me/kattaqurgontumankengashi)