Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining VII chaqiriq sakizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Sessiyani tuman hokimi, Kengash raisi Jamshid Nasriddinov olib bordi. 

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʼrildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

2. Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida

3. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 19-fevraldagi “Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida”gi VII-6-24-7-96-K/25-sonli qarorini 2-ilovasini o‘zgartirish to‘g‘risida;

4. Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining 2025-yil 

5-martdagi “Tumanda “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida”gi VII-7-36-7-96-K/25-sonli qarorining ilovasiga tegishli o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

5. Tuman mahalliy byudjetining erkin qoldiq manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

6. Samarqand viloyati hokimining 2025-yil 22-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-78-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 72-7-0-Q/25-sonli qarori to‘g‘risida;

7. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Djumayevaning hisoboti to‘g‘risida;

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli Qarorininng Kattaqo‘rg‘on tumanidagi ijrosi to‘g‘risida;

9. O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi tuman Kengashi va deputatlik guruhi tashabbusi bilan kiritilgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 13-21-maqsadlar, “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan hamda Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash va boshqa kasalliklarni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i V.Xudoyqulovning hisoboti haqida;

10. Tuman aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida 2025-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risidagi tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i J.Alimovning hisoboti haqida;

11. Boshqa masalalar. 

Slide 1 of 4