Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ziyolilar” mahallasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda xonadonlardagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyatidan.
янв.21
“Urikzor” mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bilan kasb tanlash va oliy ta’lim masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Yoshlar bandligi va “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan nazorat o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
Shaharda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash ishlari tahlil qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 307-son qaror ijrosi ta’minlanmoqda

Vazirlar Mahkamasining 307-son qaror ijrosi ta’minlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 307-sonli qaroriga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning ma’naviy-axloqiy kamolotiga xizmat qiluvchi adabiyotlarni o‘qiganligini tasdiqlash bo‘yicha komissiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur qaror ijrosi doirasida tegishli komissiya tarkibi tasdiqlanib, komissiya a’zolari tomonidan imzolandi.

Komissiya tarkibidan Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri U. Bobojonov, 5-son jazoni ijro etish muassasasi xodimi, mayor Y. Ochilov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qiziltepa tuman bo‘linmasi boshlig‘i N. Kenjayev o‘rin oldi.

Ushbu komissiya mahkumlar tomonidan mutolaa qilingan adabiyotlarni belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqish va ularning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishiga oid xulosalarni shakllantirish bilan shug‘ullanadi.

Slide 1 of 3