Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati Muhammadiyev Dilshod Sunnatovich “Chinobod” MFY Ziyolilar ko‘chasida yashovchi fuqarolarning muammolari o‘rganilganda ushbu 26-uy atrofidagi ko‘chada yog‘ingarchiliklar ko‘p bo‘lganda yomg‘ir suvi to‘planib ko‘chada suv yo‘li bo‘lmaganligi sababli ushbu ko‘chada yashovchi aholining uylarga kirib ketishi sababli aholi murojaatiga asosan deputat so‘rovi bilan chiqdi
Ushbu deputatlik so‘rovi shahar hokimi o‘rinbosari J.Axmedovga yo‘naltirildi
Mazkur murojaat asosida hudud o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Jumladan, yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishining oldini olish maqsadida suvni chiqarib tashlash mexanizmi o‘rnatildi va hozirda ushbu muammo bartaraf etilganini ma’lum qilamiz
Ma’lumot uchun: Deputat so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lib, amaldagi tartibda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.