Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
“Yashil makon” – kelajak uchun muhim qadam!

“Yashil makon” – kelajak uchun muhim qadam!

 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu loyiha nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilish, balki aholi uchun yanada qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlari ham mazkur tashabbusda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, 5-Talabalar saylov okrugi deputati Dilfuza Anziratova hamda 17-Qoriravot saylov okrugi deputati Shaxlo Xudoyberdiyeva hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, daraxt ekish va ularni parvarishlash jarayonlarida faol qatnashmoqda.

 Ularning sa’y-harakatlari natijasida hududlar yanada obod, yashil va ko‘rkam maskanga aylanib bormoqda. Bu esa kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5