Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
👩💼 Xotin-qizlar faoliyati — e’tibor va qo‘llab-quvvatlash markazida

👩 💼 Xotin-qizlar faoliyati — e’tibor va qo‘llab-quvvatlash markazida

🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna kotibiyat bosh mutaxassisi A. Aymbetov bilan birgalikda “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

📊 O‘rganish jarayonida:

▪️ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ajratilgan kredit mablag‘larining samaradorligi

▪️ tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayollar faoliyati

▪️ ularning yutuqlari va mavjud muammolari atroflicha tahlil qilindi

📝 Shuningdek, “Ayollar daftari”dan chiqarish ishlarining holati ham ko‘rib chiqilib, ushbu yo‘nalishdagi amaliy ishlarga baho berildi.

🤝 Muloqotlar davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.

📌 Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🌱 Bu kabi o‘rganish va amaliy ishlar ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, oilalar farovonligini ta’minlash va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6