Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat xodimi T.Xaydarov tomonidan tuman Kengashi deputati A.Buronov nomidan “Mustaqillik” MFYda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati o‘rganildi.

 O‘rganish davomida aniqlanishicha, 2026-yilning I choragi davomida yoshlar bandligini ta’minlash doirasida 11 nafar ishsiz yosh bandlik dasturiga kiritilgan.

 Shundan:

10 nafar yosh ish bilan ta’minlangan:

9 nafari NKMK SHKBga qarashli korxonalarga,

1 nafari tumandagi 3-sonli maktabga o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilingan.

1 nafar yoshni ishga joylashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

 Shuningdek, mahalladagi 17 nafar otaliqqa olingan yoshlar tegishli tuman tashkilotlari rahbarlariga biriktirilgan.

 O‘rganish natijalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, yoshlar bandligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3