Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Hudud tozaligi – deputat nazoratida. Chiqindilarni o’z vaqtida olish masalasi o’rganildi. Aholi uchun sog’lom va obod yashash muhitini ta’minlash maqsadida hududda maishiy chiqindilarni o’z vaqtida olib ketish holati o’rganildi.
2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova va tuman qurilish bo'limi bosh muxandisi U.Samandarovlar maishiy chiqindilarni o’z vaqtida olib ketish jarayonini nazorat qilishdi. Chiqindi konteynerlarining holati, to’ldirilish darajasi hamda ularni olib ketish grafigi chuqur ko'rib chiqildi. Kamchiliklar aniqlangan bo’lib, xizmat sifatini yaxshilash bo’yicha topshiriqlar berildi. Aholi o'rtasida tozalik madaniyatini oshirish uchun tushuntirish ishlari ham olib borildi.Cocoon AI Summary

Aholi uchun sog’lom va obod yashash muhitini ta’minlash maqsadida hududda maishiy chiqindilarni o’z vaqtida olib ketish holati 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda tuman qurilish va uy joy kommunal xo'jaligi bo'limi bosh muxandisi U.Samandarovlar tomonidan atroflicha o’rganildi. Ushbu jarayonda ko’p qavatli uylar atrofidagi chiqindi to’planadigan maxsus joylar va konteyner maydonchalarining holatini ko’zdan kechirildi.

Nazorat davomida chiqindi konteynerlarining to’ldirilish darajasi, ularning sanitar holati, chiqindilarni olib ketish grafigiga asosan har hafta chorshanba va shanba kunlari mas’ul korxonalar tomonidan xizmat ko’rsatish sifati tahlil etildi. Ayrim hududlarda chiqindilarni o’z vaqtida olib ketishda uzilishlar borligi, konteynerlar yetarli emasligi yoki o’z vaqtida tozalanmayotgani kabi kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar va mutasaddi shaxslarga aniq topshiriqlar berildi. Xususan, chiqindilarni olib ketish grafigini qat’iy nazorat qilish, qo’shimcha konteynerlar o’rnatish, maxsus texnikalardan samarali foydalanish hamda xizmat ko’rsatish sifatini oshirish bo’yicha tavsiyalar bildirildi.

Shu bilan birga, aholi o’rtasida ham tozalik madaniyatini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolarga chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, atrof-muhitni asrash va umumiy tozalikka hissa qo’shish har bir insonning burchi ekani ta’kidlandi.

Deputat tomonidan bu kabi masalalar doimiy e’tibor markazida bo’lib, hududlarning sanitar holatini yaxshilash, chiqindilar bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish va aholi uchun yanada qulay, toza hamda sog’lom yashash muhitini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.


 

Slide 1 of 1