Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Deputat va aholi uchrashuvi hamda “Yashil makon” tadbiri

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.

 Shuningdek, deputat “Yashil makon” umumxalq harakati doirasida o‘tkazilgan ko‘chat ekish tadbirida qatnashib, hududni obodonlashtirish va ekologik muhitni yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shdi.

 Tadbir davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

 Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va turmush darajasini oshirish

 Yoshlar bandligi va ularni qo‘llab-quvvatlash

 Hudud infratuzilmasini rivojlantirish

 Ekologiyani yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish

 Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoni mazmun-mohiyati targ‘iboti ham olib borildi. Farmon ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi davlat siyosatini mustahkamlashga qaratilgan.

 Deputat tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

 Qayd etilishicha, bunday uchrashuvlar va ekologik tadbirlar hududni rivojlantirish, aholi bilan yaqin muloqotni mustahkamlash hamda farovon muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1