Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Deputat faoliyatidan

 “Ungut” mahallasidagi o‘rganishlarda sport infratuzilmasini yaxshilash masalasi kun tartibida bo‘ldi.

Xalq manfaatlari yo‘lidagi izchil ishlarning mantiqiy davomi sifatida Xalq deputatlari
Ohangaron tuman Kengashi deputati Nilufar Abdiqulova tuman Kengashi kotibiyati mutasaddilari
bilan birgalikda “Ungut” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlarini amalga
oshirdi.
 

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun yaratilgan
sport infratuzilmasi holatini o‘rganish, mavjud imkoniyatlar va muammolarni aniqlashdan
iborat bo‘ldi. Bu borada hududdagi sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej
va akademik litseylardagi sport zallari hamda ularning jihozlanish darajasi atroflicha
tahlil qilindi.
 

Dastlab, deputat va mutasaddilar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining
sport zali holati bilan tanishishdi. Zalning jihozlanishi, sport anjomlarining
yetarliligi, ularning texnik holati sinchiklab ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar
davomida ayrim jihozlarni yangilash va sport infratuzilmasini yanada takomillashtirish
zarurligi qayd etildi.
 

Shundan so‘ng, mahallada istiqomat qiluvchi aholi va yoshlar vakillari bilan ochiq muloqot
tashkil etildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan
masalalar, ayniqsa sport bilan shug‘ullanish uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha
taklif va mulohazalarini bildirishdi. Xususan, ular mahallada zamonaviy talablarga
javob beradigan stadion qurish zarurligini alohida ta’kidlashdi.
 

Deputat Nilufar Abdiqulova yoshlarning ushbu murojaatini diqqat bilan tinglab, uning ijobiy
yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar
ko‘rish zarurligini bildirdi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan tegishli idoralar
bilan muhokamalar olib borish rejalashtirildi.
 

Mazkur o‘rganish va muloqotlar aholi, ayniqsa yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish,
ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish
yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi tayin.
  

Slide 1 of 4