Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Ayollar salomatligi va oila qadriyatlari – e’tibor markazida 

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Ismailova, Oqoltin tumani hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Qarshiboyeva va tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori X.Abdumajidovalar ishtirokida Ahillik mahallasi hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida muhim uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida ayollar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, kasalliklarning oldini olish hamda tibbiy madaniyatni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, oila muqaddasligi, undagi o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati kabi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 5