Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Deputat o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Usmonali Safarov Paxtakor mahallasida joylashgan o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

U markazda ta’lim jarayoni qanday tashkil etilganini, o‘quvchilarning bilim olish sharoitlarini va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini batafsil o‘rgandi.

Deputat markaz xodimlari bilan suhbatlashib, ularning ish faoliyatini yaxshilash, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarga sifatli ta’lim taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

Deputat tashrifi davomida markaz o‘quvchilari bilan muloqot qilib, ularning ehtiyojlari, qiziqishlari va qo‘shimcha ta’limga bo‘lgan istaklarini tingladi. Bu tashrif markazning faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarga qulay va samarali sharoit yaratish hamda pedagogik jamoaning ish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4