Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Doimiy_Komissiya_faoliyati

 Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi” ning 2026-yil 26-martda navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tgan edi. 

️ Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larining 2026-yilgi tushumlarini taqsimlash masalasi keng muhokama qilindi. Yig'ilishda doimiy komissiya a'zolari, yoshlar maslahat gruhi raxbari, tuman kotibiyat xodimlari va tuman iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari ishtirok etishdi.

️Deputatlar tomonidan tuman iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari va tuman inson ijtimoiy himoya markazi bilan kelishilgan hisoboti tinglanib, davomda aholi ehtiyojlarini to‘liq qamrab olmagan takliflar rad etilib, mablag‘larning aniq ijtimoiy natijaga xizmat qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

️Muhokama yakunida mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish va ajratilayotgan mablag‘lar sarfida qat’iy intizomga rioya qilish bo‘yicha aniq muddatli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5