Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Gulobod mahallasida tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Past Darg‘om tumani Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan Gulobod mahalla aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va ularning o‘z vaqtida amalga oshirilishi bilan tanishdi.

Tashrif davomida tibbiyot muassasasida aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, tibbiy xizmatlarning davlat standartlari asosida tashkil etilgani ko‘zdan kechirildi.

Mahallada jami 93 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro ro‘yxatda turib, shundan 77 nafari katta yoshdagilar, 16 nafari esa voyaga yetmagan bolalarni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar ham borligi aniqlandi.

Mazkur fuqarolarga davlatimiz tomonidan belgilangan tartibda zarur dori-darmon vositalari bepul taqdim etilmoqda. 

Deputat tibbiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ular murojaatiga tezkor munosabat bildirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2