Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Haftali ish reja

16–19-mart kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan joriy hafta davomida hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

🔹16.03.2026 — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya Kengashi hamda partiya deputatlari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik nazorati tadbiri tashkil etiladi.

Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov

 🔹 17.03.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati B.Daubaeva tomonidan “Do‘stlik” mahallasidagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmad toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o‘rganiladi.

Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹18.03.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati A.Medetova tomonidan “Xalqlar do‘stligi” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari, yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o‘rganiladi.

Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov

🔹 19.03.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati A.Matniyazov tomonidan shu oyda sessiyaga kiritiladigan masalalar qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganiladi.

Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov