Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
17-Oqdaryo saylov okrugi deputati Z. Islomov tomonidan Oqdaryo mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 141-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

17-Oqdaryo saylov okrugi deputati Z. Islomov tomonidan Oqdaryo mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 141-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan mazkur qaror doirasida belgilangan vazifalarning hududdagi ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Xususan, mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📌 Shuningdek, “mahallabay” ishlash tizimi asosida xonadonlar kesimida o‘rganish olib borilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Qaror ijrosini ta’minlashda sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3