Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sohiba Gapparova saylov okrugida bo‘lib, hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sohiba Gapparova saylov okrugida bo‘lib, hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada rivojlanib borayotgan krovat ishlab chiqarish yo‘nalishi ko‘zdan kechirilib, ushbu faoliyatni yanada qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, respublika mablag‘lari hisobidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan shourumlar uchun joylar ko‘rib chiqildi hamda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar o‘rganildi. Qayd etilishicha, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Toshkent shahriga yetkazib berilib, u yerdan Qirg‘iziston va Qozog‘iston bozorlariga eksport qilinmoqda.

Uchrashuv davomida mahallaning 1,1 km ichki ko‘chasini ta’mirlash ishlari ham rejalashtirilgani ta’kidlandi. Mazkur infratuzilmani yaxshilash hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 6