Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ "ИНСОН" ХИЗМАТЛАРИ МАРКАЗИДА БЎЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ИИБ ХОДИМЛАРИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИНИ ҲАЛ ЭТИШДА МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
#Deputat xisoboti.
янв.21
#ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА
янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
“Ogoh bo`ling, firibgar!” — yoshlarni kiberxavfsizlikka chaqiruv tadbiri

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ogoh bo`ling, firibgar!” aksiyasi doirasida 2-son politexnikum talabalari ishtirokida ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Unda politexnikum direktori Qosimjon Xakimov ham ishtirok etib, bugungi kunda internet tarmoqlari orqali sodir etilayotgan jinoyatlar soni ortib borayotgani, ayniqsa yoshlar orasida kiberfiribgarlik qurbonlari ko`payib borayotganini alohida ta`kidladi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan internet orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik turlari — soxta onlayn savdolar, fishing havolalar, bank kartalari ma`lumotlarini qo`lga kiritish, ijtimoiy tarmoqlar orqali aldash
holatlari haqida atroflicha ma`lumot berildi. Shuningdek, shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalarga kirmaslik, notanish shaxslarga kod va parollarni bermaslik kabi muhim qoidalar tushuntirildi.
Yoshlarga kiberfiribgarlikning mazmun-mohiyati, uning salbiy oqibatlari va bunday holatlarning oldini olish choralari haqida aniq misollar asosida tushunchalar berildi. Talabalar o`zlarini
qiziqtirgan savollarga javob olib, internetdan xavfsiz foydalanish bo`yicha zarur tavsiyalarga ega bo`ldilar.
Tadbir yakunida barcha yoshlar
doimiy ravishda ogoh va hushyor bo`lishga, axborot xavfsizligi qoidalariga qat`iy amal qilishga chaqirildi. Bunday ma`rifiy uchrashuvlar yoshlar o`rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

   

Slide 1 of 4