Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ "ИНСОН" ХИЗМАТЛАРИ МАРКАЗИДА БЎЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ИИБ ХОДИМЛАРИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИНИ ҲАЛ ЭТИШДА МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
#Deputat xisoboti.
янв.21
#ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА
янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
“Tinchlik” mahallasida tomorqadan samarali foydalanish ishlari o‘rganildi

“Tinchlik” mahallasida tomorqadan samarali foydalanish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputatlari K.Muhammadiyev, J.Xudoyqulova, Q.Igamberdiyeva hamda A.Ergashevlar “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi I.Qurashev bilan birgalikda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda daromadni oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga daromad manbaini kengaytirish uchun ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan yo‘lga qo‘yilgan issiqxona xo‘jaliklari, chorvachilik, parrandachilik hamda sabzavotchilik yo‘nalishidagi faoliyat ko‘zdan kechirildi. Kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi, tomorqalardan unumli foydalanish darajasi va olinayotgan natijalar atroflicha tahlil qilindi.

 Deputatlar aholi bilan muloqot qilib, ularning duch kelayotgan muammolari, mahsulot yetishtirish va realizatsiya qilish borasidagi takliflarini tingladilar. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, daromadni yanada oshirish hamda kredit mablag‘larining samaradorligini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilandi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4