Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasiga A.Yassaviy ko‘chasidan 200 metr masofada manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.

Qarorda ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi deputatlari M. Abdurahmonova va E. Yunusov tomonidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida belgilangan hududda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari sifati hamda muddatlarga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan suhbatlar o‘tkazilib, bajarilgan ishlar hajmi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. 

Shahar Kengashi deputatlari hududni obodonlashtirish va yashil makonlarni kengaytirish masalalari doimiy e’tiborda, qaror ijrosi to‘liq ta’minlangunga qadar nazorat ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 6