Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
MUNOSABAT

2026 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan omillarga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalari atroflicha va tanqidiy ruhda muhokama qilindi.

Davlat rahbari ushbu illatlar mamlakat barqarorligi, fuqarolarning tinch va osoyishta hayoti hamda iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy xavf-xatarlar ekanini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarning yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, kiberjinoyatlarning esa zamonaviy axborot makonida yangi tahdid sifatida kuchayib borayotgani qayd etildi.

Shuningdek, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, noqonuniy moliyaviy aylanmalarni qisqartirish, soliqlar va bojxona tizimida shaffoflikni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada mas’ul idoralarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda faqat oqibat emas, balki sabablarni bartaraf etishga qaratilgan tizimli yondashuvni joriy etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va ochiqlikni ta’minlash muhim vazifa sifatida belgilandi.

Mazkur selektor yig‘ilishi davlat va jamiyat xavfsizligini mustahkamlash, jinoyatchilikning barcha ko‘rinishlariga qarshi murosasiz kurash olib borish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mamanova Karomat Xolmanovna

Slide 1 of 1