Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Dasturlar ijrosi joyida o'rganilmoqda.

Dasturlar ijrosi joyida o'rganilmoqda.

👨‍💼

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining deputatlari N.Nurmatova, N.Abdullayeva, M.Boboxonov, E.Hamrayevlar ishchi guruh a'zolari bilan Narpay tumanida 2025-yil davlat dasturiga tushgan tumandagi 64- va 68-maktablarda bo'lishdi.

⚡️

Tumandagi 68-maktab dastlab 2025-yil avgust oyida foydalanishga topshirilishi belgilangan bo'lishiga qaramasdan, maktab 2025-yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishiga kelishilgan. Lekin, 2026-yilning yanvar oyida ham yangi qayta ta'mirlangan maktab foydalanishga topshirilmaganligi aniqlandi. 

⚡️

Ushbu holatga mas'ul bo'lgan tashkilot mas'ullari aniqlandi va tegishli so'rovlar chiqarilishi belgilandi.

🎓

Xuddi shunday, tumandagi 64-maktab ham 2025-yil qayta ta'mirlashdan chiqarilgan va foydalanishga topshirilgan. Maktab holati yaxshi. Joyida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas'ullarga belgilangan muddatda to'girlash choralarini ko'rish belgilandi.

⚡️

Ishchi guruh o'rganishlari davom etmoqda.

✈️

@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 7