Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
#deputat_nazorati

 3-G‘allaquduq okrugidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta
ta’mirlanmoqda 

  

 Ohangaron tumanining 3-G‘allaquduq saylov
okrugida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida keng ko‘lamli qayta ta’mirlash
va rekonstruksiya ishlari boshlandi. Ushbu muhim loyiha hudud aholisining jipsligi,
faolligi va fuqarolik mas’uliyati natijasida “Open byudjet” dasturi doirasida g‘olib
deb topilib, amalga oshirilmoqda. 

   Ayni paytda ta’lim maskani
zamon talablariga mos ravishda to‘liq qayta rekonstruksiya qilinib, bolajonlar uchun
yanada zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish maqsad qilingan. Loyiha
doirasida binolarning tashqi va ichki qismlari ta’mirlanishi, guruh xonalari yangilanishi,
isitish va yoritish tizimlari takomillashtirilishi, sanitariya-gigiena sharoitlari
yaxshilanishi ko‘zda tutilgan. 

  

 Mazkur hududdan Xalq deputatlari Ohangaron
tuman Kengashiga saylangan deputat Madhiya Nishanovaning ta’kidlashicha, bugungi
kunda yurtimizda barkamol avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilgan. Uning fikricha, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish,
bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim va tarbiya bilan qamrab olish kelajak taraqqiyotining
mustahkam poydevoridir. 

  

— Yurtimiz ertasi bo‘lgan bolalarni har jihatdan barkamol etib
voyaga yetkazish har bir vatandoshimizning muqaddas burchi, — deya qayd etdi deputat.
— Davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida maktabgacha ta’lim sohasida keng
ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunday loyihalar esa islohotlarning amaldagi
yorqin ifodasidir. 

  

🔍 Deputat, shuningdek, mazkur
maktabgacha ta’lim muassasasining qayta ta’mirlanishi natijasida ta’lim sifati sezilarli
darajada oshishini ta’kidladi. Yangilangan infratuzilma, zamonaviy o‘quv-tarbiya
jihozlari va qulay shart-sharoitlar tarbiyalanuvchilarning intellektual, jismoniy
hamda ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz. 

  

🔍 Qayd etilishicha, ta’mirlash
ishlari yakunlangandan so‘ng, mazkur ta’lim maskani nafaqat bolalar, balki ota-onalar
va pedagoglar uchun ham yanada qulay va ishonchli muhitga aylanadi. Bu esa aholining
maktabgacha ta’limga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, sohaga bo‘lgan qiziqishni
yanada oshiradi. 

  

🔍 Umuman olganda, 3-G‘allaquduq
okrugida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha aholi tashabbusi, davlat qo‘llab-quvvatlovi
va deputatlik nazorati uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘lib, barkamol avlodni tarbiyalash
yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomidir.  

Slide 1 of 3