Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
“Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik

 Bugungi kunda mamlakatimizda bo‘lgani kabi Urganch shahrida ham tegishli tartibda xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, bu hamkorlikning asosiy maqsadi – mahallalarda ijtimoiy muammolarni tezkor va samarali hal qilish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jamoatchilikni faollikka chorlashdan iborat. Bunda "mahalla yettiligi" bilan deputatlar hamda senatorlar o‘rtasida muntazam muloqot va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Muqaddas Atayeva shaharning "Ko‘hnaqal’a" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi rahbari va a’zolari mahalladagi dolzarb muammolar haqida deputatga ma’lumot berdilar. Jumladan, ijtimoiy muhofaza, sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilma sohasidagi muammolar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida o‘rtaga tashlangan masalalarning har biri ro‘yxatga olinib, qisqa fursatlarda ijrosini ta’minlashga kelishib olindi.

- Deputatlar mahalla yettiligi bilan birgalikda amalga oshiradigan tadbirlar va loyihalar mahalliy darajadagi muammolarni tezkor hamda samarali hal etishga imkon beradi, -deydi xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati
mudiri P.Ro‘ziboyev.

Slide 1 of 1