Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
DEPUTAT MAHALLADA: FAYZOBODDA MADANIYAT UYI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 DEPUTAT MAHALLADA: FAYZOBODDA MADANIYAT UYI FAOLIYATI
O‘RGANILDI
 

“Deputat mahallada” loyihasi doirasida xalq deputatlari Piskent tuman
Kengashi
deputati D.Komilova Fayzobod
mahalla faollari bilan hamkorlikda Do‘ngqo‘rg‘on madaniyat uyi faoliyatini
o‘rgandi.
 

Madaniyat uyi rahbari Nasiba Tohirova ushbu lavozimda 5 oydan buyon ish
faoliyatini olib bormoqda. Muassasada jami 9 nafar xodim mehnat qilmoqda.
Hozirda madaniyat uyida “Xonandalik”, “Raqs” va boshqa to‘garaklar faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda.
 

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlandi.
Jumladan, to‘garak xonalari umuman jihozlanmagani, mahalla va tashkilotlar
bilan hamkorlik ishlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani, faollar zali esa
jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi.
 

O‘rganish natijasiga ko‘ra, madaniyat uyi xodimlarining ish faoliyati
talab darajasida emasligi qayd etildi.
  

Slide 1 of 4