Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sorov_ijrosi
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati: 2026-yil 1-chorak tahlili
янв.21
“Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qarori tasdiqlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
3-Samad Raximov saylov okrugi deputati Xamrayev Ravshan Djabborovich Yakkabog‘ mahallasida
янв.21
Shahardagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#sorov_ijrosi
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi Suvonova Dilbar Nabiyevna o‘zi saylangan Darband okrugidagi Xo‘jabulg‘on mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi Suvonova Dilbar Nabiyevna o‘zi saylangan Darband okrugidagi Xo‘jabulg‘on mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida senator mahalla aholisi tomonidan bildirilgan muammolarni tinglab, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Dilbar Suvonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-sonli qarori — “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolarga tushunchalar berdi.

U mazkur qarorga asosan Xo‘jabulg‘on mahallasi “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunali mahalla sifatida yangicha infratuzilma va imkoniyatlar bilan rivojlantirilishi rejalashtirilganini qayd etdi.

Slide 1 of 10